Ukraina Kerch bo‘g‘ozidan foydalanishni davom ettirmoqchi
Ukraina mudofaa vaziri Stepan Poltorakning ma'lum qilishicha, agar zarur bo‘lsa, mamlakat harbiy-dengiz kuchlari (HDK) Kerch bo‘g‘ozidan harakatlanishni davom ettirish niyatida. Bu haqda u «Pryamoy» telekanalidagi «Exo Ukraini» dasturi efirida bayonot berdi.
Vazirning ta'kidlashicha, «hozirgi vaqtda» Ukraina kemalari Kerch bo‘g‘ozida harakatlanmayapti.
«Ammo biz to‘xtatmaymiz, rotatsiyani, imkoniyatlarimizni mustahkamlab borishda davom etamiz», - deya ta'kidlab o‘tdi Poltorak.
Uning xulosa qilishicha, Ukraina tomoni barcha xalqaro normalarni inobatga olgan holda, bo‘g‘ozdan foydalanishni davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko nima uchun Ukraina kemalari Kerch bo‘g‘ozini kesib o‘tganini aytgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kemalar ushbu yo‘ldan shu sababdan ketganki, agar ular quruqlikdan olib o‘tilganida, bu Kerch bo‘g‘ozi Rossiyaga tegishli ekanini tan olishni anglatgan bo‘lardi. Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, bu «ruslar istilosi» tan olinishini ham bildirardi.
Mavzuga oid
09:59
Ukraina xandaqlarida taqiqlangan CS gazi izlari topildi
08:37
Sibiga: Ukraina qanchalik uzoqroq zarba bersa, urush shunchalik tezroq tugaydi
01:00
Borrel AQSh Kiyevga 300 kilometrgacha bo‘lgan masofada Rossiya ichkarisiga zarba yo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
22:02 / 18.11.2024