Jahon | 00:39 / 08.12.2018
19528
1 daqiqa o‘qiladi

Malayziyada o‘smir telefonga ulangan quloqchin sababli vafot etdi

Foto: Global Look Press/ZUMA/Armin Durgut

Malayziyada 16 yoshli o‘smir tokdan quvvatlanayotgan smartfonga quloqchinni ulagandan keyin tok urishi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi. 

O‘smir maktab o‘quvchisi bo‘lgan. Uning onasining aytishicha, u dastlab o‘g‘lini uxlayapti deb o‘ylab, uyg‘otishga harakat qilgan. Ammo farzandi turavermagach, shifokorlarni chaqirtirgan. Shifokorlar o‘smirning chap qulog‘ida kuyish jarohatini aniqlashgan va uning jasadini yorishganda, tok urishidan halok bo‘lganini aniqlashgan.

Aniqlanishicha, o‘smir quvvatlanayotgan telefonga ulangan quloqchin bilan uxlashga yotgan. O‘smirning surati xavfdan ogohlantirish maqsadida internetda faol tarqatila boshlangan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid