Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Respublika turnirida g‘olib chiqqan samarqandlik yosh futbolchilar taqdirlanishdi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshidagi bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalarining 2003 yilda tavallud topgan o‘smirlar guruhlari o‘rtasida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan respublika turnirida Samarqand viloyati futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyasi o‘smirlari g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan edi.
«Milliy» stadionda ularga oltin medallar va kuboklar topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yillik bayrami arafasida Samarqand shahridagi futbol akademiyasida murabbiy U.Qobilov boshchiligidagi g‘oliblarga diplomlar va esdalik sovg‘alari topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mukofotlarni Samarqand viloyat futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Sh. Sayfullayev, viloyat bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi direktori V.Gurshumov va boshqa taniqli futbol arboblari topshirishdi.


Tadbirda yosh futbolchilarning ota-onalari ham ishtirok etishdi va mukofotlar topshirilganidan so‘ng u o‘ziga xos bayramga aylanib ketdi.

Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025