Sport | 22:15 / 09.12.2018
8146
2 daqiqa o‘qiladi

«Real» autsayder ustidan qiyin g‘alabaga erishdi va turnir jadvalida yuqoriladi

Ispaniya chempionatining 15-turi doirasida «Real» «Ueska» ustidan g‘alabaga erishdi. Ueskadagi «El-Akoras» stadionida kechgan uchrashuv 0:1 hisobida yakunlandi.

O‘yindagi yagona gol 8-daqiqadayoq Garet Beyl tomonidan urilgandi, unga Alvaro Odriosola golli uzatma berdi. «Ueska» kuchli raqibga munosib qarshilik ko‘rsatdi va darvozaga berilgan zarbalar soni bo‘yicha raqibdan o‘zib ketdi. Ammo mehmonlar g‘alabani saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi.

Bu g‘alaba evaziga «Real» Ispaniya chempionati turnir jadvalida 26 ochko to‘plagan holda to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Ueska» 7 ochko bilan 20-o‘rinda.

Keyingi turda, 15 dekabr kuni «Real» «Rayo Valekano»ni qabul qiladi. «Ueska» ham o‘z maydonida «Vilyarreal» bilan o‘ynaydi (16 dekabr).

Ispaniya chempionati
15-tur
Ueska – Real Madrid 0:1
Gol: 0:1 – 8 Beyl.
Ueska – Yovanovich, Pulido, Insua, Miramon, Echeyta, Agilera Nunes (Melero, 19), Rivera, Gomes, Ferreyro (Gyurler, 76), Avila (Longo, 84), Ernandes.
Real Madrid – Kurtua, Ramos, Karvaxal, Odriosola, Varan, Modrich (Isko, 66), Lorente, Vaskes, Sebalos (Valverde, 58), Beyl (Asensio, 76), Benzema.
Ogohlantirishlar: Karvaxal (26), Sebalos (39), Echeyta (42), Insua (80).

Mavzuga oid