Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston bosh vaziri sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi. U noqonuniy boyishda gumonlanmoqda
Qirg‘iziston bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Duyshenbek Zilaliyev noqonuniy ravishda boyishda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda RIA «Novosti» respublika Milliy xavfsizlik bo‘yicha davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Zilaliyev mol-mulki haqidagi deklaratsiyalar tekshiruvdan o‘tkazilganidan keyin qo‘lga olingan.
«Aniqlanishicha, [gumonlanuvchida] kelib chiqish shubhali va aniqlanmagan, yirik pul mablag‘lari ko‘rinishidagi aktivlar hamda mulklar bor. Ular uning rasmiy daromadlaridan sezilarli darajada ko‘p», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston prezidenti poraxo‘rlar omma oldida sharmanda qilinishi kerakligini aytgandi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025