Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiyada basketbol jamoasi avtohalokatga uchradi
Kolumbiyada sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 90 minutos nashri xabar qildi.
Hodisa Yotoko munitsipalitetida ro‘y berdi. Havaskor basketbol jamoasini olib ketayotgan avtobus boshqaruvni yo‘qotgan hamda ag‘darilib ketgan. Natijada 13 kishi halok bo‘ldi. El Tiempo nashri ma'lumotiga ko‘ra, yana 20 nafar sportchi jarohat olgan.
Versiyalardan biriga qaraganda, yo‘l-transport hodisasiga tormoz qismining ishdan chiqishi sabab bo‘lgan. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Noyabr oyida Peru hududida «Toribio Rodriges Mendosa» bolalar futbol jamoasi a'zolari bo‘lgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchraganda. Yetti nafar sportchi voqea joyida halok bo‘ldi, yana 11 nafar yo‘lovchi kasalxonaga yotqizildi.
Mavzuga oid
00:35 / 07.05.2025
Kolumbiyada 6 ta maymunni bojxonadan ishtonlariga yashirib olib o‘tishga uringan shaxslar ushlandi
22:36 / 24.04.2025
Kokainni qonuniylashtirishga chaqirgan Kolumbiya prezidenti giyohvand moddalarga qaramlikda ayblandi
00:05 / 18.04.2025
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
18:07 / 19.03.2025