Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Azar «Real»ga o‘tishi haqida: «Faoliyatimni tugatgach, afsuslanib o‘tirishni istamayman»
«Chelsi» yarimhimoyachisi Eden Azarning RMC nashri bilan suhbatida «Real»ga o‘tishi mavzusi yana ko‘tarildi.
«Kelajagingiz borasida bir qarorga kelib oldingizmi?» degan savolga belgiyalik hujumchi quyidagicha javob berdi.
«Hozircha yo‘q, ko‘ramiz. Oilam Londonda. 28ga kirdim. Faoliyatimni tugatganimdan keyin nimadandir afsus chekishni xohlamayman. Bir qarorga kelaman. Qachonligini bilmayman, ammo bu qarorni qabul qilaman.
Zidan bilan bo‘ladimi yoki usizmi, baribir «Real» klub sifatida menga doim yoqqan. Shu mavsum oxirida shartnomam muddati tugashiga bir yil qoladi. O‘ylab ko‘raman, qarorni qabul qilish ixtiyori o‘zimda», - deya ta'kidladi Azar.
Ma'lumot uchun, Eden ayni paytda 27 yoshda. U 7 yanvarda kuni 28ga to‘ladi. O‘tgan hafta u «qirollik klubi» taklifiga rozi bo‘lgani ma'lum qilingan edi.
Mavzuga oid
16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi
19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi
12:45 / 27.04.2025
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi
02:38 / 03.04.2025