Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqarada poyezd halokatga uchradi
Turkiyada Anqaradan Ko‘nyaga yo‘l olgan tezyurar poyezd lokomotiv bilan to‘qnashib ketdi. Mamlakat Transport vazirligi xabariga ko‘ra, poyezdning ikkita vagoni relslardan chiqqan. Shuningdek, yer usti o‘tish joyi quladi.
So‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, Anqaradagi poyezd halokatida yetti kishi halok bo‘lgan, deb xabar qilmoqda NTV telekanali. Hayotdan ko‘z yumganlar orasida bir mashinist va olti nafar yo‘lovchi bor.
Ta'kidlanishicha, 46 kishi jarohat olgan, ulardan uch nafari og‘ir ahvolda ekani aytiladi.
Mamlakat prokuraturasi ushbu hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini boshladi.
Mavzuga oid
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
18:00 / 25.04.2025
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi
19:11 / 13.04.2025