Sport | 13:06 / 13.12.2018
5546
2 daqiqa o‘qiladi

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati start oldi

Foto: REUTERS

Birlashgan Arab amirliklarida klublar o‘rtasidagi jahon chempionati start oldi.

Unda Janubiy Amerikadan «River Pleyt» (Argentina), Yevropadan «Real Madrid» (Ispaniya), Osiyodan «Kashima Antlers» (Yaponiya), Afrikadan «Esperans» (Tunis), Shimoliy Amerikadan «Gvadalaxara» (Meksika), Okeaniyadan «Vellington» (Yangi Zelandiya) va mezbon vakili sifatida «Al-Ayn» (BAA) klublari ishtirok etmoqda.

Saralash bosqichida «Vellington» va «Al-Ayn» klublari bellashdi. Unda arab jamoasi 0:3 hisobida ortda borayotgan bo‘lsa-da, vaziyatni tenglashtirib, penaltilar seriyasida g‘alaba qozonishga erishdi.

Musobaqa 22 dekabrgacha davom etadi.

Saralash bosqichi
12 dekabr 
Al-Ayn (BAA) - Velington (Yangi Zelandiya) 3:3 pen. 4:3
Gollar: Shiotani (45), Dumbiya (49), Berg (85) – Barsia (11), Klephem (15), Ilich (44)

Chorakfinallar
15 dekabr, 16:00
1. Kashima Antlers (Yaponiya) - Gvadalaxara (Meksika)

15 dekabr, 19:30
2. Esperans (Tunis) – Al-Ayn (BAA) 

5-o‘rin uchun bahs
18 dekabr, 16:30
Chorakfinalda mag‘lub bo‘lgan jamoalar o‘ynaydi

Yarimfinallar
18 dekabr, 19:30
River Pleyt (Argentina) – 2-Chorakfinal g‘olibi

19 dekabr, 19:30
1-chorakfinal g‘olibi - Real Madrid (Ispaniya)

3-o‘rin uchun bahs
22 dekabr, 16:30

Final
22 dekabr, 19:30

Mavzuga oid