Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chelsi» 117-daqiqada g‘alaba golini urib, o‘z tarixida ilk bor klublar o‘rtasida jahon chempioniga aylandi
BAAda klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlandi.
Finalda YeChL g‘olibi «Chelsi» va Libertadores Kubogi chempioni «Palmeyras» o‘zaro bahs yuritishdi. O‘yinning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi. Lukakuning goliga Veyga javob berdi. Qo‘shimcha bo‘limlarda esa Haverts penaltidan g‘alaba to‘pini kiritdi.
Shu tariqa London klubi o‘z tarixida ilk bor ushbu turnirda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Klublar o‘rtasidagi JCh. Final
Chelsi (Angliya) — Palmeyras (Braziliya) 2:1
Gollar: Lukaku (55), Haverts (117, penalti) — Veyga (64, penalti).
12 fevral. Abu Dabi. «Muhammad bin Zayd Stedium»
Chelsi – Mendi, Aspilikueta, Tiago Silva, Ryudiger, Kristensen (Sarr, 91), Kovachich (Ziyosh, 91), Kante, Maunt (Pulishich, 31), Haverts, Lukaku (Verner, 76), Hadson-Odoi (Saul, 77).
Palmeyras – Ueverton, Markos Rosha (Deyverson, 118), Gomes, Luan, Pikeres, Skarpa, Ze Rafael (Jailson, 60), Danilo, Rafael Veyga (Atuesta, 78), Roni (Vesli, 77), Dudu (Rafael Navarro, 103).
Ogohlantirishlar: Uesli (105), Haverts (118).
Mavzuga oid
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi
11:30 / 26.01.2025
Mbappeda ilk het-trik, Husanovda omadsiz debyut. Kun o‘yinlari
01:58 / 26.01.2025