Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning sobiq advokatiga uch yillik qamoq jazosi berildi
AQSh prezidenti Donald Trampning sobiq advokati Maykl Koen bir qator jinoyatlar, jumladan prezident kampaniyasi vaqtidagi moliyaviy qoidabuzarliklar va Tramp bilan jinsiy yaqinlikda bo‘lganini ta'kidlagan ikki ayolga sukut saqlash uchun pul to‘laganlik uchun 3 yillik qamoq jazosiga tortildi. Koenga, shuningdek, 2 mln dollarlik jarima solingan.
Advokatning o‘zi avvalroq moliyaviy qoidabuzarliklar, soliq firibgarliklari sodir etish va AQSh kongressiga yolg‘on ko‘rsatmalar berishdagi aybini tan olgan.
Koen sud yig‘ilishida Tramp uni “yovuzlik yo‘lidan borishga” majbur qilganini va Trampga sodiqligi uning zaif tomoni bo‘lganini aytgan.
“Men ko‘chmas mulk kompaniyasiga ishlash taklifini olib xato qilganman. Tramp meni tvitterda “zaif” deb atadi va u haq bo‘lgan, biroq mening zaifligim qalbim amrini eshitmay, uning ishlarini yashirish majburiyatim deb o‘ylaganim bo‘lgan”, deb aytgan Koen so‘nggi so‘zida va ko‘ziga yosh olgan.
“Men AQSh xalqi oldida uzr so‘rayman – u haqiqatni bilishga loyiq”, deb qo‘shimcha qilgan Koen.
Mavzuga oid
22:06 / 02.12.2024
Tramp va qudalar: yahudiy quda elchi, livanlik quda maslahatchi bo‘ladi
16:07 / 23.11.2021
Trampning sobiq yordamchisi ozodlikka chiqdi
15:29 / 08.09.2020
Trampning sobiq advokati uni gangster va irqchi deb atadi: uning kitobida yana qanday ayblovlar bor?
00:06 / 06.06.2020