Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyatida to‘rt hokim ishdan olindi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga safari vaqtida viloyatdagi uch tuman va bir shahar hokimi vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Qamashi tumani hokimi Faxriddin Omonovich Do‘stmurodov o‘rniga Sherali Sanayev yangi rahbar etib tayinlangan. Sanayev shu kungacha Bekobod tumani prokurori sifatida ishlab kelayotgandi.
Yakkabog‘ tumani hokimi Jahongir Abdujalilovich Boboyev ham lavozimdan ozod etilib, uning o‘rniga Qashqadaryo viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Shomurod Donayev yangi hokim etib tayinlangan.
Koson tumani hokimi Baxtiyor Eshitemirovich Rajabov ishdan olinib, uning o‘rniga Qashqadaryo viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Asror Boyqorayev yangi rahbar bo‘lgan.
Shahrisabz shahri hokimi Ismat Nusratovich Nusurov ham ishdan olinib, uning o‘rniga «O‘zsanoatqurilishbanki» boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari To‘lqin Karimov yangi hokim sifatida ish boshlagan.
Shuningdek, Shahrisabz tumani hokimi Isroil Ibrohimovich Omonov, tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i hamda tuman DSI boshlig‘iga ogohlantirish berilgan.
Ma'lumot uchun, Isroil Omonov shu yilning oktabrida Xolbobo Bozorov o‘rniga Shahrisabz tumani hokimiga aylangandi.
Bundan avvalroq, prezident Qarshi shahri «to‘rtligi»ni tanqid qilib, ogohlantirgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi
09:52 / 28.02.2025
Guliston tumani hokimi o‘zgardi
15:39 / 24.02.2025
Oyoqosti bo‘lgan qonunlar va yo‘q qilingan yashil jamoat parki: “Ajdar yurak” hokimga chora ko‘riladimi?
09:49 / 15.02.2025