Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada FETO ishi bo‘yicha 200dan ortiq harbiyni hibsga olishga order berildi
Istanbul prokuraturasi 2016 yilgi davlat to‘ntarishiga urinishda ayblangan FETO terrorchilik tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilingan 219 nafar harbiyni hibsga olishga order berdi. Bu haqda NTV telekanali xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, gumonlanuvchilar orasida to‘rt nafar polkovnik ham bor. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiylarni hibsga olish bo‘yicha operatsiyani boshlab yuborishgan.
Turkiyada FETO tashkilotiga aloqadorlikda ayblanib minglab kishilar sudlandi, o‘n minglab kishilar davlat idoralaridagi ishidan chetlashtirildi. Ularning aksariyatini ofitserlar, OAV vakillari, tadbirkorlar tashkil etadi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025