Jamiyat | 23:36 / 14.12.2018
10573
2 daqiqa o‘qiladi

Urganch shahridagi 4ta ichki ishlar bo‘limlariga xizmat avtomashinalari topshirildi

Ichki ishlar organlarini xalq manfaatlari uchun xizmat qilishini, hamda fuqarolarning ichki ishlar organlariga qiladigan murojaatlari o‘z vaqtida va qonuniy hal etilishini ta'minlash maqsadida, bundan bir yil oldin huquqiy ekspriment tariqasida Urganch shahar Ichki ishlar bo‘limi negizida Urganch shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, shu bilan birgalikda shahardagi 4ta sektorda 4ta ichki ishlar bo‘limlari tashkil etilgan edi.

Urganch shahri hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida, 2018 yilning 14 dekabr kuni Urganch shahridagi 4ta ichki ishlar bo‘limlarining har biriga Nexia-3 xizmat avtomashinalari xizmatda foydalanish uchun topshirildi, deb xabar beradi Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati.

Tantanali tarzda bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda Xorazm viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Sh.N.Rahmonov ishtirok etdi va xodimlar uchun yaratilayotgan bu kabi qulaylik va g‘amxo‘rlik ish faoliyati jarayonida o‘zining ijobiy samarasini berishi lozimligini, buning uchun har bir xodim xalq manfaatlarini har narsadan ustun qo‘yishlari kerakligini, xizmat avtomashinalarining yon tomoniga «Xalq manfaatlariga xizmat qilish - muqaddas burch» shiorining bitilganligi ham bejizga emasligini uqtirib o‘tdi.

Mavzuga oid