O‘zbekiston | 23:30 / 16.08.2023
34100
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazm viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi 

Davron Nazarmuhamedov o‘rniga polkovnik Ravshan Sultonxo‘jayev Xorazm viloyati IIBning yangi boshlig‘iga aylandi. U bunga qadar Toshkent shahri IIBB boshlig‘i o‘rinbosari edi.

Foto: IIB axborot xizmati

Ichki ishlar vaziri buyrug‘i bilan polkovnik Ravshan Erkinovich Sultonxo‘jayev Xorazm viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Tayinlovga qadar u Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan. 

Xorazm viloyati IIBga 2019 yildan buyon general-mayor Davron Nazarmuhamedov boshliq edi. U 2023 yil avgust oyi boshida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Ma’naviy–ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Mavzuga oid