Jahon | 14:20 / 15.12.2018
59271
1 daqiqa o‘qiladi

Olimjon To‘xtaoxunov («Tayvanchik») sobiq xotinini sudga berdi

Foto: Sergey Fadeichev/TASS

Taniqli tadbirkor, ba'zi doiralarda «Tayvanchik» nomi bilan tanilgan Olimjon To‘xtaoxunov sobiq turmush o‘rtog‘i Yuliya Malikni sudga berdi. Bu haqda Rossiyaning RenTV telekanali xabar tarqatdi. 

Kanal ma'lumotlariga ko‘ra, sobiq er-xotinning o‘zaro kelishmovchiligiga umumiy farzandlar - 6 yoshli egizak qizlarga doir holat sabab bo‘lgan. Xususan, «Tayvanchik» ta'til vaqtida ularni o‘z vatani - O‘zbekistonga olib ketishni xohlagan, Malik esa tadbirkorning bunday istagiga qarshi chiqmoqda.

«Tayvanchik» sudda qizlarini sobiq xotinining roziligisiz vaqtinchalik olib chiqib ketish uchun ruxsat berishlariga erishmoqchi. Ta'kidlab o‘tish joizki, «Tayvanchik» rafiqasi bilan ajrashganidan keyin qizlarini bir o‘zi tarbiyalamoqda. Shuningdek, u bolalari bilan yashash huquqiga ham sud orqali ega bo‘ldi.

Mavzuga oid