Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Bashar Asad bo‘yicha fikrini o‘zgartirdi
Anqara Suriya prezidenti Bashar Asad BMT shiori ostida o‘tadigan demokratik saylovlarda g‘olib bo‘lsa, u bilan hamkorlik qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu ma'lum qildi.
“Biz suriyaliklar uchun konstitutsiya yozishga qarshimiz, keling buni ularning o‘ziga qo‘yib beramiz. Agar biror yordam kerak bo‘lsa, yordam beramiz. Saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish kerak, ular BMT shiori ostida, ham Suriya, ham uning ortidagi barcha suriyaliklar, jumladan qochqinlar ishtirokida o‘tishi lozim”, deb aytgan Chovusho‘g‘lu.
Turk vazirining aytishicha, mamlakatni kim boshqarishini suriyaliklarning o‘zi saylovlarda hal qilishi kerak.
“Agar demokratik va ishonchga sazovor saylovlar bo‘lsa, biz barcha variantlarni ko‘rib chiqamiz”, deb aytgan Turkiya vakili.
Avvalroq Chovusho‘g‘lu “Asad tuzumi” ketishi kerakligini aytgandi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025