Jamiyat | 18:16 / 17.12.2018
10479
1 daqiqa o‘qiladi

«Toshkent-Janubiy» vokzalida tezkor tadbir o‘tkazildi, Surxondaryodan kelgan fuqaro giyohvand modda bilan ushlandi

Illyustrativ foto

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 15 dekabr kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan “Toshkent-Janubiy” vokzalida tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, Surxondaryo viloyatidan Toshkent shahriga “Termiz-Toshkent” yo‘lovchi poyezdida kirib kelgan fuqaro Sh.Sh.ning yonidan 8 dona polietilen paketga qadoqlangan holda 117.87 gr. “opiy” va 33.81 gr. “gashish” giyohvandlik vositalari topilib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid