Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Metro yo‘liga tushib ketgan qiz videosi bo‘yicha rasmiy izoh berildi. Voqea yozda sodir bo‘lgan
Bugun, 18 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosining «Alisher Navoiy» metro bekatida bir qizning relsga tushib ketgani tasvirlangan video tarqaldi. Xabarlarda ushbu hodisa 15 dekabr kuni sodir bo‘lgani aytilgandi.
Toshkent shahri IIBB ushbu video yuzasidan ma'lumot berdi. Ma'lum qilinishicha, voqea shu yilning 29 iyul kunida yuz bergan, Gulbahor ismli 20 yashar qiz poyezd stansiyaga kirib kelayotgan vaqtda hushidan ketib, relsga yiqilgan, ayni vaqtda u sog‘-omon.
«Elektropoyezd mashinisti favqulodda tormozlanishni ishga solgani tufayli, fojianing oldi olingan. Jabrlanuvchi yengil jarohat olgan», — deyiladi IIBB axborotida.
Mavzuga oid
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
18:00 / 25.04.2025
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi
10:00 / 11.04.2025