O‘zbekiston Ukrainaning Qrim bo‘yicha rezolyutsiyasiga qarshi ovoz berdi
O‘zbekiston BMT Bosh assambleyasi yig‘ilishida Ukrainaning Qrim harbiylashuvi bo‘yicha rezolyutsiyasiga qarshi ovoz berdi.
Ta'kidlab o‘tish joizki, BMT Bosh assambleyasining 66 mamlakati rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi, 72tasi betaraf qoldi.
O‘zbekistondan tashqari, Armaniston, Belarus, Boliviya, Burundi, Kamboja, Kuba, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR), Eron, Laos, Myanma, Nikaragua, Rossiya Federatsiyasi, Serbiya, Janubiy Sudan, Sudan, Suriya, Venesuela va Zimbabve ham qarshi ovoz berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT Qrimning harbiylashuvi bo‘yicha Ukraina rezolyutsiyasini qabul qilgani xabar berilgandi.
Rezolyutsiyada aytilishicha, Rossiya armiyasining Qrimdagi ishtiroki «Ukraina milliy suvereniteti, siyosiy mustaqilligi va hududiy yaxlitligi»ga zid keladi.
Shuningdek, Bosh assambleya hujjatda Azov va Qora dengizlarda Rossiya harbiy ishtirokining «ortib borayotgani» hamda Azov dengizida xorijiy kemalar o‘tishiga cheklovlar o‘rnatilganini qoraladi.
Mavzuga oid
10:05
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
14:00 / 16.11.2024
Umerov: Ukraina Rossiya tomonidan egallab olingan barcha yerlarni qaytarib olmoqchi
13:46 / 16.11.2024
Jurnalistlar Ukrainada 78 ming rossiyalik askar halok bo‘lganini tasdiqladi
22:30 / 15.11.2024