Sport | 08:00 / 19.12.2018
17414
2 daqiqa o‘qiladi

Bugun «MYu»ga yangi bosh murabbiy tayinlanadi. U – klubning sobiq hujumchisi

Foto: Manchester United

«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Ole-Gunnar Sulsher payshanba kuni jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

45 yoshli Sulsher hozirda Norvegiyaning «Molde» klubini boshqarmoqda. Manbaga ko‘ra, u «MYu»ga mavsum oxiriga qadar ustozlik qiladi, shundan so‘ng rahbariyat «Tottenhem» bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoni jamoaga taklif etadi. Avvalroq argentinalik mutaxassis Londonni tark etishga qarshi emasligi haqida xabarlar tarqalgan.

Ma'lumot uchun, Ole-Gunnar Sulsher 1996-2007 yillarda «MYu» sharafini himoya qilgan va 6 karra Angliya chempioni bo‘lib, bir marta YeChLda g‘olib chiqqan. U murabbiylik faoliyatini «MYu» zaxira jamoasini shug‘ullantirishdan boshlagan.

Norvegiyalik murabbiyga 56 yoshli Mayk Felan assistent sifatida tayinlanishi kutilyapti. Ushbu mutaxassis Aleks Fergyuson davrida 14 yil mobaynida ushbu lavozimda ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 18 dekabr kuni «qizil iblislar»ni ikki yildan oshiqroq vaqt davomida boshqarib kelgan Joze Mourino iste'foga chiqarilgan edi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid