Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya tez tayyorlanuvchi lag‘mon eksporti bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Foto: Ahn Young-joon/AP
2018 yil oxirigacha Janubiy Koreya boshqa mamlakatlarga 400 mln dollarlik tez tayyorlanuvchi lag‘mon yetkazib beradi. Bu haqda TASS Koreya Respublikasining qishloq xo‘jaligi va dengiz mahsulotlarini tarqatish bo‘yicha korporatsiyasi ma'lumotlariga asosan xabar qilmoqda.
Korporatsiyadan aytishlaricha, yanvar oyidan noyabr oyiga qadar lag‘mon eksporti yillik hisobda 11,2 foizga o‘sib, 385 mln dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi raqamdan ko‘pdir - 2017 yilda bunday mahsulotlar eksportidan 381 mln dollar olingan.
Qayd etilishicha, yil oxiriga qadar sotuvlarning bunday sur'atlarida lag‘mon eksporti 400 million dollarlik rekord ko‘rsatkichdan oshib ketadi. Shu bilan birga, 300 million dollarlik raqamga o‘tgan yili ilk marotaba erishilgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq olimlar tez tayyorlanuvchi lag‘mondan qanday zarar yetkazilishini baholashgandi.
Mavzuga oid

10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit

00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi

17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

21:14 / 05.05.2025