Jahon | 23:25 / 19.12.2018
15266
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainadagi ixtilof boshidan beri qancha tinch aholi halok bo‘lgani ma'lum qilindi 

Foto: RIA Novosti

Ukraina sharqida 4,5 yildan beri davom etayotgan ixtilof davomida 3,3 ming kishilik tinch aholi halok bo‘lgan, 9 mingga yaqin odam jarohat olgan. Bu haqda BMTning inson huquqlari bo‘yicha monitoring missiyasi dokladida aytilgan.

Bu doklad 2014 yil 14 aprelidan 2018 yil 15 noyabrgacha bo‘lgan davrni qamrab olgan. Ta'kidlanishicha, qurbonlar orasida 1791 erkak, 1045 ayol, 98 o‘g‘il bola, 49 qiz bola va jinsi o‘rnatilmagan 37 nafar katta yoshli kishi bor. 

“2017 yil avgustida MN17 reysining halokatga uchrashida halok bo‘lgan 298 kishi hisobga olinsa, qurbonlarning umumiy soni kamida 3318 kishini tashkil qiladi”, deyilgan hujjatda.

BMT 19 sentyabrda ham Donbassdagi ixtilof boshidan tinch aholi o‘rtasidagi yo‘qotishlar hisobini keltirgandi. Monitoring komissiyasi 2014 yil apreldan 2018 yil avgustigacha jangovar harakatlar qurbonlari 2737 kishi bo‘lganini ma'lum qilgan. 

Donbassdagi qurolli ixtilof 2014 yil boshida boshlanib hanuzgacha davom etmoqda. O‘z mustaqilligini e'lon qilgan Lugansk va Donetsk xalq respublikalari 2014 yil fevralida o‘zgargan hokimiyatni tan olmagan. Kiyev bunga javoban ularga qarshi aksilterrorchilik operatsiyasini boshlagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid