Sport | 10:02 / 20.12.2018
5871
1 daqiqa o‘qiladi

Olga Zabelinskaya Shveytsariyadagi musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi

Foto: MOQ axborot xizmati

Velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Shveytsariyada professional velosportchilar o‘rtasidagi xalqaro «Track Cycling Challenge» musobaqasida ishtirok etishdi. 

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, turnirda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Olga Zabelinskaya guruh poygalarida barcha raqiblaridan yaxshi natija ko‘rsatdi (48 ochko) va birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar mos ravishda Lidiya Boylan (46 ochko, Irlandiya) va Yelena Chekkiniga (44 ochko, Italiya) nasib qildi.

Zabelinskaya kuzda Fransiyada o‘tkazilgan «Chrono des Nations» xalqaro musobaqasida ishtirok etib, O‘zbekiston terma jamoasiga dastlabki oltin medalini taqdim etgandi.

Ma'lumot uchun, ushbu xalqaro turnir sportchilarga Tokio 2020 Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid