Sport | 08:24 / 21.12.2018
15474
1 daqiqa o‘qiladi

Adonis Stivenson falajlandi. U Aleksandr Gvozdik tomonidan nokautga uchratilgandi

Foto: AFP

Kanadalik professional bokschi Adonis Stivensonning sog‘lig‘i holati haqida qo‘shimcha tafsilotlar ma'lum bo‘ldi.

2 dekabr kuni Stivenson ukrainalik bokschi Aleksandr Gvozdik tomonidan nokautga uchratildi, natijada u bosh miyadan og‘ir jarohat oldi. 41 yoshli sportchi sun'iy koma holatiga tushirilgan.

Allboxing ma'lumotiga ko‘ra, hozirda Stivenson ko‘zlarini ochgan va yaqinlari bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega, lekin tanasining o‘ng tomoni hamon falaj holatda bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni UFC prezidentini jangga chaqirgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid