Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 02:28 / 22.12.2018
5205
2 daqiqa o‘qiladi
“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududida soddalashtirilgan viza rejimi joriy etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi.
Farmonga ko‘ra Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini eng yaxshi jahon tajribasiga asoslangan holda takomillashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish vazifasi topshirildi:
- “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” DUKning tashkiliy-huquqiy shaklini aksiyadorlik jamiyatiga o‘zgartirib, uning balansiga “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududidagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari obektlarini davlat ulushi sifatida, shuningdek, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasining barcha yer maydonlarini doimiy foydalanish huquqi asosida berish;
- “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi tomonidan erkin iqtisodiy zona ishtirokchilariga, shu jumladan, marketing, konsalting, logistika, kommunal-maishiy, mehmonxona, ta'lim, sug‘urta va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish;
- “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududida soddalashtirilgan viza rejimi va xodimlarni, shu jumladan, chet el fuqarolarini ishga yollash tartibini joriy qilish;
- erkin iqtisodiy zona qatnashchilari uchun litsenziya va ruxsatnoma olishning soddalashtirilgan tartibini joriy qilish. Bunda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasiga qatnashchini kuzatish va talabgorning malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlash vakolati beriladi;
- “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi loyihalarni joylashtirish shartlarini bajarmagan taqdirda u bilan tuzilgan shartnomani faqatgina sud tartibida bekor qilish tartibini o‘rnatish;
- “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududida chet el fuqarolari uchun qulay yashash va mehnat sharoitlarini yaratish.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
19:28 / 26.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
09:39 / 25.05.2025