Sport | 20:40 / 22.12.2018
6194
1 daqiqa o‘qiladi

«River Pleyt» klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida uchinchi bo‘ldi

Foto: Reuters

Birlashgan Arab Amirliklarida klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yakuniga yetmoqda.

Uchinchi o‘rin uchun bahsda Yaponiyaning «Kashima Antlers» va Argentinaning «River Pleyt» klubi bellashdi. O‘yin argentinaliklarning 4:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan tugadi.

Finalda Madridning «Real» va mezbonlar vakili «Al-Ayn» klubi kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, arab jamoasi o‘z tarixida ilk marotaba finalda o‘ynaydi. «Real» shu paytgacha uch marta klublar o‘rtasida jahon chempioni bo‘lgan.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati - 2018

3-o‘rin uchun bahs
22 dekabr

River Pleyt (Argentina) – Kashima Antlers (Yaponiya) – 4:0
Gollar: 0:1 – 24 Sukulini, 0:2 – 73 Martines, 0:3 – 88, penalti Borre, 0:4 – 90 Martines. 

Final
22 dekabr, 21:30
Real Madrid (Ispaniya) – Al-Ayn (BAA)

Mavzuga oid