Jamiyat | 15:18 / 24.12.2018
10300
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onadagi tezkor tadbirda «Tramadol» va «Lirika» topildi

27 noyabr kuni Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada, Chamanzor ko‘chasida yashovchi, M.M. (ayol)ning uyidan 4.628 dona “Tramadol” giyohvandlik vositasi hamda 56 dona “Lirika” psixofaol preparati topilib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid