O‘zbekiston | 10:07 / 24.12.2018
6845
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston, Hindiston va Mo‘g‘ulistonda Xalqaro armiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi

2019 yilda Hindiston, Mo‘g‘uliston va O‘zbekiston hududida V Xalqaro armiya o‘yinlari o‘tkaziladi.

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, Moskvada «ArMI-2019»ni tashkil qilish masalalari bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Eron, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Mo‘g‘uliston, Rossiya va O‘zbekiston harbiy mahkamalari delegatsiyalari ishtirok etdi. Ushbu davlatlar hududida tanlovlar o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Ishtirokchilar o‘yinlar maqsadi, tanlovlar bosqichlarini o‘tkazish tartibi, axborot va moddiy-texnika ta'minoti masalalari, harbiy eshelonlar tomonidan harbiy hamda maxsus texnika bilan chegaralarni kesib o‘tish jarayoni, shuningdek, o‘yinlar sudyalik komissiyasi nizomini muhokama etishdi.

2018 yilgi Xalqaro armiya o‘yinlari yetti davlat - Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Eron, Qozog‘iston, Xitoy va Rossiyada bo‘lib o‘tdi. 2019 yilda Hindiston, Mo‘g‘uliston va O‘zbekistonda birinchi marta qator tanlovlarni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid