Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida yuziga niqob kiyib olgan maktab o‘quvchisi bosqinchilik qildi va ayol kishini pichoqladi
Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida 22 dekabr kuni Darxon MFYda yashovchi, o‘rta maktabning yuqori sinf o‘quvchisi S.A. yuziga niqob kiygan holda pichoq bilan qurollanib, fuqaro N.A. (ayol)ning uyiga bostirib kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, o‘quvchi ayolning kurak qismiga pichoq urib, jarohat yetkazib, 294.000 so‘m puli va hisobida puli bo‘lmagan bank plastik kartochkasini olib voqea joyidan yashiringan.
Natijada N.A. kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida S.A. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025