Sport | 10:43 / 25.12.2018
18067
2 daqiqa o‘qiladi

Xabib Nurmagomedov o‘zi bo‘yicha AQShda ko‘rilayotgan ishning Rossiyada ko‘rilishini talab qildi

Foto: Getty Images

Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedov UFC rahbariyatidan uning AQShning Nevada shtati atletik komissiya tomonidan ko‘rilayotgan ishi Rossiyada ko‘rilishini talab qildi.

Nurmagomedov bunday taklif bilan UFC prezidenti Dana Uaytga tvitter orqali murojaat qilgan.

“Mening sud ishimni Rossiyaga ko‘chiring”, deb yozgan Nurmagomedov.

Ushbu taftish Nurmagomedovning irlandiyalik Konor Makgregor bilan jangidan keyin uning ishtirokida yuz bergan janjal bilan bog‘langan. Rossiyalik jang tugashi bilanoq Makgregorning jamoasi a'zolaridan biriga tashlangan. Shundan keyin ikki jangchi jamoa a'zolari ishtirokida ommaviy mushtlashuv chiqqan.   

Atletik komissiya ikki jangchining ham litsenziyasini to‘xtatib qo‘ygan. Shuningdek, Nurmagomedovning jang uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan 2 mln dollarlik gonoraridan yarmini ushlab turibdi. Sud jarayoni 10 dekabrga belgilangan edi, biroq keyinroq u 2019 yil 29 yanvarga ko‘chirilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid