Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aqto‘beda yonib ketgan avtobus egasi Qozog‘istonga ekstraditsiya qilindi
52 kishining fojiali o‘limiga sababchi bo‘lgan yong‘in yuz bergan avtobus egasi Chimkentga O‘zbekistondan ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Tengrinews.kz Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.
«Qozog‘iston Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan jinoiy javobgarlikka tortish uchun O‘zbekistondan Orduxan Mextiyev ekstraditsiya qilindi. Qo‘lga olingan shaxs texnik nosozlikka ega, Aqto‘be oblastida joriy yil yanvar oyida transport vositasining yonib ketishi va 52 kishining halok bo‘lishiga olib kelgan avtobusdan noqonuniy ravishda foydalanishda gumonlanmoqda», - deyiladi Qozog‘iston Bosh prokuraturasi xabarida.
Ta'kidlanishicha, jinoyat sodir etilganidan keyin gumonlanuvchi qo‘shni davlat hududida yashiringan. Erkak xalqaro qidiruvga berilgan. Gumonlanuvchi Mextiyev Chimkent tergov izolyatoriga joylashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, 1 dekabr kuni Toshkentda mash'um avtobus egasi qo‘lga olingandi.
Mavzuga oid
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar
19:08 / 13.05.2025
Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
14:39 / 13.05.2025