Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boksing-deyning birinchi kuni. «Tottenhem» va «Everton» 5tadan gol urdi
Angliya Premer-ligasining 19-turida «Tottenhem Hotspur» «Bornmut»ni qabul qildi. «Uembli» stadionida kechgan uchrashuvda maydon egalari 5:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
G‘oliblar safida Son Xin Min dubl qayd etdi, Kristian Eriksen, Lukas Mourava Harri Keyn bittadan gol urishdi.
Shu tariqa, londonliklar jamoasi chempionatda qatorasiga beshinchi o‘yinda beshinchi g‘alabaga erishdi. «Shporlar» keyingi ikki uchrashuvda jami 11ta gol urishdi. Bu g‘alabalar evaziga Maurisio Pochettino shogirdlari ochkolari sonini 45taga yetkazgan va Angliya chempionati turnir jadvalida «Manchester Siti»ni (44 ochko) quvib o‘tgan holda ikkinchi o‘ringa ko‘tarilgan.
Tur doirasida kechgan yana bir uchrashuvda «Byornli» «Everton»ga yirik hisobda yutqazdi (1:5). Mehmonlar safida gollarga himoyachilar Mina va Din (dubl), shuningdek, yarimhimoyachilar Sigurdsson hamda Risharlison mualliflik qilishdi. Mezbonlarning yagona javob goli Gibson tomonidan urildi.
«Kristal Pelas» o‘z maydonida «Kardiff Siti»ni yenga olmadi (0:0), «Fulhem» va «Vulverhempton» uchrashuvida ham g‘olib aniqlanmadi (1:1).
Angliya chempionati
19-tur
Tottenhem – Bornmut 5:0 (3:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 16 Eriksen, 2:0 – 23 Son Xin Min, 3:0 – 35 Lukas Moura, 4:0 – 61 Keyn, 5:0 – 70 Son Xin Min.
Tottenhem – Loris, Alderveyreld, Rouz, Uoker-Piters, Foyt, Sissoko, Uinks, Lukas Moura, Eriksen (Devis, 84), Son Xin Min (Lorente, 88), Keyn (Skipp, 77).
Bornmut – Begovich, Kuk, Deniels, Frensis (Riko, 45), Ake, Serman, Lerma, Bruks (King, 74), Stanislas, Freyzer, Uilson (Musse, 67).
Ogohlantirishlar: Lerma (45), Son Xin Min (76), Uinks (87).
Byornli – Everton 1:5 (1:3, 0:2)
Gollar: 0:1 – 2 Mina, 0:2 – 13 Din, 0:3 – 22, penalti Sigurdsson, 1:3 – 37 Gibson, 1:4 – 71 Din, 1:5 – 90 Risharlison.
Byornli – Hart, Tarkovski, Mi, Teylor, Gibson (Maknil, 63), Kork, Vestvud, Xendrik (Gudmundsson, 63), Louton, Barns, Vouks (Vud, 73).
Everton – Pikford, Kin, Zuma, Din, Mina, Bernard (Devis, 80), Sigurdsson, Uolkott, Andre Gomesh (Guyye, 75), Koulmen, Kelvert-Lyuin (Risharlison, 67).
Ogohlantirishlar: Sigurdsson (25), Andre Gomesh (30), Louton (30), Gibson (45), Guyye (90), Risharlison (90).
Kristal Pelas – Kardiff 0:0 (0:0, 0:0)
Kristal Pelas – Guaita, Tomkins, van Anxolt, Uan-Bissaka, Sako, Taunsend, Makartur, Mayyer (Uikxem, 63), Milivoyevich, Zaa, Kuyate.
Kardiff – Eteridj, Morrison, Bamba, Bennett, Manga, Rid, Xarris, Rolls, Kamarasa (Gunnarsson, 90), Xoylett (Arter, 90), Pelter.
Ogohlantirishlar: Bamba (31), Xoylett (45), Kamarasa (77).
Fulhem – Vulverhempton 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 74 Sessenon, 1:1 – 85 Saiss.
Fulhem – Riko, Brayyen, Chembers, Odoi, Kristi, Shyurrle (Sessenon, 67), Seri (Makdonald, 82), Rim, Mouson, Mitrovich, Kamara (Kerni, 73).
Vulverhempton – Ruy Patrisiu, Doerti, Koudi, Boli, Kastro (Ruben Vinagre, 82), Gibbs-Uayt (Elder Koshta, 63), Saiss, Traore (Kavaleyru, 46), Moutinyu, Bennett, Ximenes.
Ogohlantirishlar: Saiss (44), Chembers (44), Kristi (45).
Mavzuga oid
12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
15:13 / 21.05.2025
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?
18:52 / 01.05.2025
«To‘rt og‘ayni botirlar». Yevropa ligasi yarimfinallari oldidan
11:45 / 27.12.2024