Jamiyat | 15:11 / 26.12.2018
5290
3 daqiqa o‘qiladi

«East Telecom»da aksiyalar! Faqat bu safar xayriya maqsadida

O‘z sohasida innovatsion yechimlar bilan tanilgan «East Telecom» kompaniyasi bu yilgi yangi yil bayramini har doimgidan o‘zgacha tarzda nishonlashga qaror qildi.

Foto: East Telecom

20 dekabr kuni «East Telecom» kompaniyasi jamoasi Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi «Toshkent viloyati 1-sonli ruhiy kasalliklar shifoxonasi»ga tashrif buyurdi. Jamoa a'zolari shifoxonada davolanayotgan bolalarni kirib kelayotgan Yangi Yil bayrami bilan tabriklab, kelajakda omad yor bo‘lishini va barcha tilaklari amalga oshishini tiladilar.

Albatta, kompaniya tomonidan taqdim etilgan turli-tuman sovg‘alar bolajonlarga xushnudlik ulashdi.

Foto: East Telecom
Foto: East Telecom
Foto: East Telecom
Foto: East Telecom

So‘ngra shu shifoxonada ishlayotgan hamshira va xodimlarga bu savobli ishlarida matonat tilab, tashakkurlar bildirildi hamda bolalar bilan xayrlashildi.

«East Telecom» kompaniyasida xayriya aksiyalari uyushtirish an'anaga aylangan va kompaniya tomonidan har yili o‘ziga xos tadbirlar o‘tkaziladi. 2018 yil mart oyida Oqto‘ba viloyatida yuz bergan avtohalokat qurbonlari, 52 nafar yurtdoshlarimizning oila a'zolari va yaqinlariga ham hamdardlik bildirilib moliyaviy yordam ko‘rsatilgani shular jumlasidandir.

Foto: East Telecom
Foto: East Telecom
Foto: East Telecom
Foto: East Telecom

«East Telecom» yangi yil arafasidagi xayriya aksiyalari doirasida quyidagi muassasalarga tashrif buyurdi:

1. Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, Xalqobod QFY

«Toshkent viloyati 1-sonli ruhiy kasalliklar shifoxonasi»;

2. Toshkent viloyati, Angren shahri, Ibn Sino ko‘chasi 22-daha

«Shikastlangan bolalar uchun maktab internati»;

3. Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani

Kam ta'minlangan oilalar xonadonlari;

4. Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani

“Go‘daklar uyi”.

Ezgu niyatlar istagida bo‘lgan «East Telecom» xayriya aksiyalarini kelgusida ham davom ettirish, hayot sinovlari tufayli ko‘ngli o‘ksik insonlarga dalda bo‘lish niyatida!

Foto: East Telecom
Foto: East Telecom
Foto: East Telecom
Foto: East Telecom
Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid