Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zatom»: AES qurilishi bo‘yicha Muhandislik tadqiqotlari dasturi tasdiqlandi
Toshkentda «O‘zatom» agentligi va «Rosatom» davlat korporatsiyasi ishchi guruhlarining dastlabki kengashi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonga tashrif buyurgan Rossiya delegatsiyasiga «Rosatom» davlat korporatsiyasi bosh direktorining operatsion boshqaruv bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - «IK» AES AJ prezidenti Aleksandr Lokshin boshchilik qildi.

«O‘zatom» agentligi matbuot xizmatining xabar berishicha, yig‘ilish davomida O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish uchun maydon tanlash maqsadida muhandislik tadqiqotlariga oid ishlar holati to‘g‘risida ma'lumot berilgan. Shuningdek, «O‘zatom» agentligi tomonidan Muhandislik tadqiqotlari dasturi tasdiqlangan.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston tomoniga ushbu loyihaga asosan dastlabki shartnomalarning loyihalari berildi. «Rosatom» davlat korporatsiyasi ham O‘zbekiston Respublikasida birinchi AES qurilishi loyihasi bo‘yicha kontraktatsiyaga yondashuvlar to‘g‘risidagi materiallarni va muzokaralarning maqsadli rejasini taqdim qildi. Tomonlar shartnomalarga oid muzokaralarni 2019 yilda boshlashni mo‘ljallamoqda.

Ta'kidlash joizki, 2018 yilning 7 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Oripov va Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev O‘zbekistonda Rossiya texnologiyalari asosida atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha ikki mamlakat hamkorligi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni imzolagan. Loyihaga muvofiq, O‘zbekistonda SSER-1200 reaktorli ikki energoblok qurilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
16:41 / 22.05.2025
2026 yildan O‘zbekistonda AES sovitish tizimlarini ishlab chiqarish boshlanadi
16:51 / 13.05.2025
«Rosatom» O‘zbekistondagi kichik AES bloki uchun uskunalar ishlab chiqarishni boshladi
08:35 / 08.05.2025
Forishda kichik quvvatli AESni joylashtirish sxemasi tasdiqlandi
21:20 / 28.04.2025