Qirg‘izistonda xitoyliklarni yo‘q qilishga chaqirgan ikki kishi qo‘lga olindi
Qirg‘izistonning Talas shahrida ikki kishi xitoyliklarni yo‘q qilishga chaqirgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda Turmush nashri xabar berdi.
Qo‘lga olinganlar internetda go‘yoki 300 ming xitoylik Qirg‘iziston chegarasini noqonuniy kesib o‘tgani va ular yo‘q qilinmasa, respublika bir necha yildan keyin Xitoyning viloyatlaridan biriga aylanishi haqida ma'lumot tarqatishgan.
Erkaklarning xatti-harakati milliy adovatni qo‘zg‘atish deb baholangan. Ushbu ish bo‘yicha materiallar milliy xavfsizlik qo‘mitasiga topshirilgan.
Avvalroq Bishkekda qirg‘izlarning Xitoyda ta'qib qilinishlariga qarshi norozilik aksiyasi o‘tgan. Ta'kidlanishicha, qirg‘izlar Xitoyda “qayta tarbiyalash lagerlari”ga yuborilib, u yerda ishlashga va xitoy tilini o‘rganishga majbur qilinmoqdalar. Namoyish ishtirokchilari barcha xorijliklar Qirg‘izistonni bir oy ichida tark etishlarini talab qilishgan.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024