Jamiyat | 16:23 / 27.12.2018
10819
2 daqiqa o‘qiladi

Buvayda “Mega park”ida  vodiydagi eng baland charxpalak attraksioni ish boshladi

Yurtda bayram shukuhi kezib yurgan ayni kunlarda Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanining markazi Yangiqo‘rg‘on shaharchasidagi “MEGA PARK” madaniyat va istirohat bog‘i aholi  bilan gavjum.

“MEGA PARK”da kuni kecha vodiyda eng baland bo‘lgan charxpalak attraksioni qurib bitkazilib, istirohat bog‘iga tashrif buyurgan mehmonlar uchun xizmat ko‘rsata boshladi.

“Xitoy davlatidan keltirilib, mutaxassislar tomonidan qurib bitkazilgan charxpalak attraksionning balandligi 52 metrni tashkil etib, vodiyda eng katta va balandi hisoblanadi. Toshkentda “Lokomotiv” bog‘idagina bizning qurilmamizdan “bo‘ydor” charxpalak mavjud”, deydi “MEGA PARK” rahbari Muydinjon G‘afurov.

52 metrlik mahobatli charxpalak so‘nggi texnologiya yutuqlari asosida qurilgan bo‘lib, juda chiroyli va ko‘rkam. Oqshom payti undagi turli ranglardan tashkil topgan chiroqlar yonib, istirohat bog‘iga yanada chiroy qo‘shib turibdi. 

Elmurod Ermatov, Farg‘ona
KUN.UZ muxbiri

Элмурод Эрматов
Tayyorlagan Элмурод Эрматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid