Sport | 10:17 / 27.12.2018
14434
2 daqiqa o‘qiladi

Nani «Oltin to‘p» haqida: «Modrich uchlikka ham kiritilmasligi kerak edi»

Foto: Getty Images

Portugaliya terma jamoasi va «Sporting» yarimhimoyachisi Nani «Oltin to‘p» sovrini bu yil «Real» vakili Luka Modrichga topshirilgani borasida fikr bildirishni joiz topdi.

«Modrich hatto yuqori uchlikda ham bo‘lmasligi kerak edi, deb hisoblayman. U o‘z pozitsiyasida eng yaxshilardan, ammo Krishtianu Ronaldu, Messi, Neymar va boshqalar turganida u «Oltin to‘p»ni olmasligi kerak.

Sovrin Ronalduga berilishi kerak edi. O‘z jamoasiga natija olib keladigan futbolchi jahonning eng yaxshisi bo‘lishi kerak, Krishtianu esa aynan shunday o‘yinchi.

U Modrich bilan jamoadosh edi, ammo «Yuventus»ga yangi rekordlar o‘rnatish uchun yo‘l oldi», – deb aytgan Nanining so‘zlarini keltirdi UOL Esporte.

Eslatib o‘tamiz, Nani Ronaldu bilan Portugaliya terma jamoasi birga to‘p surishdan tashqari «Manchester Yunayted»da ham jamoadosh bo‘lgan.

Mavzuga oid