Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident yangi qonunni imzoladi. Geologiya sohasi xodimlari kuni belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 20 iyunda qabul qilingan, Senat tomonidan 2018 yil 13 dekabrda ma'qullangan.
Hujjat bilan aprel oyining birinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni etib belgilandi.
Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyi o‘rtalarida Qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog» faxriy unvonini ta'sis etish va Geologiya sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risidagi qonun loyihalari e'lon qilingandi.
Mavzuga oid
13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi
17:14 / 19.04.2025
Deputatlar sun’iy intellektda yaratilgan noqonuniy kontent uchun jazoga izoh berdi
20:06 / 14.04.2025
Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi
09:52 / 21.02.2025