Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UMS kompaniyasi o‘z savdo belgisini o‘zgartiradi
UMS kompaniyasi bosqichma-bosqich rebrending o‘tkazishni boshladi. Mobil operator o‘z savdo belgisi va brend qadriyatlarini yangi zamon talablariga moslashtirib yangilamoqda, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.
“Kompaniya joriy faoliyati bilan bir qatorda davlat xizmatlari operatoriga aylanib, hukumat mobil aloqasi va kriptografik himoyalangan ilk milliy UzChat messenjerini joriy qilmoqda”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Xabarda aytilishicha, UMS platformasida Loyiha boshqaruvi yagona milliy axborot tizimi, davlat sektori uchun blokcheyn yechimlar, aholi uchun raqamlashtirilgan davlat xizmatlari yaratilmoqda.
“Bunday shart-sharoitlarda kompaniya rebrendingi yangi o‘zgarishlarni ifoda etishi, kompaniya qadriyatlarini g‘oyaviy jihatdan va mazmunan o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Buni inobatga olgan holda UMS mobil operatorining savdo belgisini Mobiuz deb nomlashga qaror qilindi. Rebrending ishlari dekabr oyida, kompaniya nomini tanlash, brend ranglarini va boshqa belgilarni yaratishdan boshlandi. Rebrending bosqichma-bosqich amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:26 / 23.03.2022
UMS va ikki bank xususiylashtiriladi - prezident qarori
08:31 / 28.08.2020
Meksika prezidenti o‘z ismini savdo belgisi sifatida qayd etmoqchi
15:11 / 01.11.2019
UMS jamoasi – Samarkand Half Marathon ishtirokchisi
17:20 / 18.10.2019