Jahon | 17:10 / 02.01.2019
3874
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada inkassatorlar ish tashlashdi va naqd pul borasida muammo bo‘lishi bilan tahdid qilishdi

Foto: DPA

2 yanvar kuni Germaniyada ish haqi kamligi hamda mamlakat sharqi va g‘arbida oyliklar turlicha ekanligi sababli ish tashlashdi. Buning natijasida butun mamlakat bo‘ylab magazin va bankomatlarda naqd pul bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda Verdi kasaba uyushmasiga tayanib Deutsche Welle xabar qildi.

Uyushma inkassatorlar maoshini oyiga 250 yevroga oshirishni hamda sharqiy va g‘arbiy Germaniyada maoshlar teng bo‘lishini  so‘ramoqda. Hozirda soliqlar olinguniga qadar ular mos ravishda oyiga 1800-2400 va 2200-2900 yevro olishadi. 

Muzokaralar 3 va 4 yanvar kunlari davom etadi. Naqd pul aylanmasiga aloqador 12 ming kishi ish tashlashga qo‘shilishga chaqirilmoqda. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid