Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada mer o‘z lavozimini bajarishga kirishgandan 1,5 soat keyin otib ketildi
Meksikaning Oaxaka shtatidagi Eroyka-Syudad-de-Tlaxyako shahri meri Alexandro Aparisio lavozimini bajarishga kirishgandan 1,5 soat keyin meriyaga ketayotganda yo‘lda otib ketildi.
Ma'lum qilinishicha, voqea 1 yanvar ertalab yuz bergan. Aparisio mer lavozimini bajarishga kirishgandan keyin meriyaga yig‘ilishga ketayotganda noma'lumlar tomonidan hujumga uchragan.
Mer hujumdan keyin shifoxonaga yetkazilgan, biroq olingan jarohatlardan halok bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, hujum vaqtida yana 4 kishi yaralangan.
Qotillik bo‘yicha tergov boshlangan, hozirda bir gumonlanuvchi ushlangan.
Meksika narkokartellar o‘rtasidagi urush maydoniga aylangan. 2016 yilda mamlakat qotilliklar soni bo‘yicha (23 ming qotillik) dunyo bo‘yicha 2-o‘rinni egallagan. Bu borada Meksikadan 2011 yildan beri fuqarolik urushi ketayotgan Suriyagina (60 mingta qotillik) oldinda bo‘lgan. Meksika hukumati uyushgan jinoyatchilikka 10 yil avval urush e'lon qilgan vaqtdan beri taxminan 200 ming meksikalik o‘ldirilgan, 30 mingi bedarak yo‘qolgan.
Mavzuga oid
23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
00:27 / 10.05.2025