Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand - Qarshi yo‘lida «Kobalt» ag‘darilib ketdi. Bir kishi voqea joyida halok bo‘ldi
Samarqand tumanida shu yilning 2 yanvar kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashovchi R.J. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinani Yangiariq mahallasi hududidan o‘tuvchi “Samarqand-Qarshi” yo‘lining 6-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay shu yerdagi aylanma yo‘l beton to‘sig‘iga urilib, ag‘darilib ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada avtomashina yo‘lovchisi Sh.X. jarohat olib voqea joyida vafot etgan va qolgan uch nafar yo‘lovchilari jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025