Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng kam oylik ish haqi miqdorini belgilash tartibi qayta ko‘rib chiqiladi
Eng kam oylik ish haqi miqdorini belgilash tartibi qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Qayd etilishicha, tegishli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi. Dasturda:
soliq va boshqa to‘lovlarning eng kam ish haqi miqdori bilan bog‘liq bo‘lishiga barham berish;
xodimlarning ish haqi miqdorini yagona tarif setkasi bo‘yicha tarif koeffitsiyentini oshirish hisobiga ko‘paytirish;
pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini yagona tarif setkasi bo‘yicha tarif koeffitsiyentlarini oshirish ko‘rsatkichidan kelib chiqib ko‘paytirish nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - 2019 yil 1 mart, ijro uchun mas'ullar - Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida eng kam oylik ish haqi belgilash va pensiya tizimini qayta ko‘rib chiqish kerakligini aytgandi.
Mavzuga oid
20:19 / 20.05.2022
1 iyundan ish haqi 12 foizga oshirildi
07:39 / 05.04.2022
Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqini hisoblash avtomatlashtiriladi
17:35 / 15.03.2022
2021 yilda o‘zbekistonliklarning ish haqi darajasi qanday bo‘ldi?
09:56 / 14.03.2022