Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand va Farg‘onada valutafurushlar qo‘lga olindi
Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Urgut tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Unda fuqarolar O. va U. har bir AQSh dollarini 8400 so‘mdan hisoblab, 10300 AQSh dollarini 86,5 mln. so‘mga noqonuniy ravishda sotgan vaqtda ushlanganlar. Ulardan 10841 AQSh dollari va 2,5 mln. so‘m ashyoviy dalillar sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar O. va U.larga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi hamda Qo‘qon shahar bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro K. har bir AQSh dollarini 8420 so‘mdan hisoblab, 7500 AQSh dollarini 63,1 mln. so‘mga noqonuniy ravishda sotgan vaqtda ushlangan. Undan 7500 AQSh dollari ashyoviy dalillar sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro K.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
17:02 / 15.05.2025