O‘zbekiston Ummon bilan o‘yinlardagi mag‘lubiyatlar seriyasini tugatdi (video)
Osiyo Kubogi «F» guruhida bahslarga kirishgan O‘zbekiston terma jamoasi ilk turda Ummonga qarshi maydonga tushdi va 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.
Ektor Kuperning ilk rasmiy uchrashuvida qo‘lga kiritilgan ushbu g‘alaba bilan O‘zbekiston Ummonga qarshi bahslardagi mag‘lubiyatli seriyaga barham berdi. Bunga qadar tomonlar jami besh marotaba to‘qnash kelgan bo‘lib, so‘nggi to‘rtta uchrashuv arablar foydasiga hal bo‘lgan, ketma-ket uchta o‘yindan buyon O‘zbekiston Ummon darvozasiga yo‘l topa olmayotgan edi. Endilikda, 6ta o‘yindan keyin o‘rtadagi to‘plar nisbati tenglashdi – 9:9.
Shunindek, kechagi bahsda O‘zbekiston terma jamoasi FIFA tasnifiga kiritilgan barcha o‘yinlardagi 450-golini urdi – bu gol muallifi jarimadan hisobni ochgan jamoa sardori Odil Ahmedov bo‘ldi. Bu o‘yinda terma jamoa o‘z darvozasidan 300-marotaba to‘p olib chiqdi. Demak, FIFA reyestrida O‘zbekistonning 266ta o‘yinda qayd etgan to‘plar nisbati 451-300ni tashkil etmoqda. Jamoa jami 121 g‘alaba, 52 durang va 83ta mag‘lubiyat qayd etgan.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Mavzuga oid
18:51 / 21.11.2024
Tahlil. Milliy jamoada «3-4-3»ni qanday ishlatyapmiz?
13:11 / 21.11.2024
We Global Football: O‘zbekiston Osiyodan JCh-2026ga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmaga ega chiqish uchun 4-da’vogar
15:20 / 20.11.2024
«Ikki qutbli jamoa». Natija, o‘yin, iste’fo va imkoniyatlar haqida
01:45 / 20.11.2024