Qoʻshimcha funksionallar
- 
                  
Tungi ko‘rinish
 
Karib dengizida minglab odamlar virus sababli qolib ketmoqdalar
                                    Foto: MATT CARDY/GETTY IMAGES
9 ming yo‘lovchini sayr qildirib yurgan, dunyodagi eng katta kruiz laynerlaridan biri Oasis of the Seas’da xavfli infeksiya tarqalishi aniqlandi. Bu haqda Daily Express nashri xabar berdi.
Karib dengizi bo‘ylab sayohat qilayotgan yo‘lovchilardan 167 nafari ich ketish va ko‘ngil aynash bilan kechuvchi Noruolk virusiga (ichak grippi ham deyiladi) chalindilar. Shu sababli sayyohlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmagungacha kemani tark etish taqiqlab qo‘yildi.
“Shifokorlarimiz jabrlanganlarga retseptsiz beriluvchi dori-darmon bilan yordam berishga urinmoqdalar. Bu orada biz ko‘proq shifokorlarni jalb qilishga harakat qilmoqdamiz va bor kuchimiz bilan keyingi asoratlarning paydo bo‘lishi ehtimolini minimallashtiramiz”, deb aytgan kemaga egalik qiluvchi Royal Caribbean kompaniyasi vakili Ouen Torres.
Mavzuga oid
20:32 / 07.03.2025
Telegram ilovasida xavfli zaiflik aniqlandi
21:16 / 04.02.2025
iPhone smartfonlarida birinchi marta troyan-virus aniqlandi
09:33 / 16.01.2025
Germaniyada chorva mollari orasida xavfli infeksiya tarqaldi. Ko‘plab mamlakatlar go‘sht importini taqiqladi
18:11 / 11.12.2024