Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela parlamenti rahbari hibsga olindi
Venesuela maxsus xizmatlari muxolif parlament rahbari Xuan Guaidoni hibsga olishdi. Hozirda uning qayerdaligi noma'lum, deb xabar berilgan Guaidoning tvitterida.
“Butun dunyo va mamlakatni bugun, 13 yanvarda Bolivar milliy razvedka xizmati qo‘mondonligi (SEBIN) milliy assambleya rahbari Xuan Guaidoni qo‘lga olganidan ogohlantiramiz, biz uning qayerda ekanligini bilmaymiz”, deyilgan xabarda.
Bu xabar shuningdek milliy assambleya sahifasida ham paydo bo‘lgan.
Avvalroq Guaido harbiylar va xalqaro hamjamiyat ko‘magiga tayanib hokimiyat tepasiga kelishga umid qilayotgani ma'lum qilingandi.
Mamlakat prezidenti Nikolas Maduro 10 yanvarda ikkinchi prezidentlik muddatiga qasamyod keltirdi. Venesuelaning Vashingtonda quvg‘inda bo‘lgan oliy sudi 11 yanvarda Guaidoni o‘z zimmasiga prezident vakolatlarini olishga chaqirgan. Guaidoning o‘zi ham bunga tayyorligini ma'lum qilgan. Uning aytishicha, konstitutsiya unga yangi prezident saylovlarini tayinlashga ijozat beradi.
Mavzuga oid
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
07:37 / 10.04.2025
Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning yubiley assambleyasida 140 davlatdan 2000 ga yaqin delegat qatnashdi
14:13 / 06.04.2025