Jamiyat | 17:23 / 14.01.2019
13239
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda kollej o‘quvchisi ushlandi. U ayol kishiga qo‘l ko‘targan

Illyustrativ foto

2019 yil 11 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Nishon tumani Tallimarjon shaharchasida yashovchi, Qarshi transport kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchisi B.M. Qarshi shahar 6-mikrorayonda o‘zaro janjal tufayli tanishi, Koson tumani Xalqobod mahallasida yashovchi M.B. (ayol)ning yuz, bosh va tanasining turli joylariga qo‘llari bilan urib, jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada M.B. kasalxonaga yotqizilib, B.M. qo‘lga olingan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid