Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ogahiy tavalludining 210 yilligi keng nishonlanadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li – Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash va Xiva shahrida Ogahiy nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi va jamoatchilik vakillarining Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li – Ogahiy tavalludining 210 yilligini keng nishonlash hamda Xiva shahrida Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li – Ogahiy nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin.
Buyuk shoir va mutafakkir Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li – Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash va maktab-internatini tashkil etish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi tasdiqlanadi.
Tashkiliy qo‘mita Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li – Ogahiy ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha tegishli chora–tadbirlar rejasini ishlab chiqadi.
Bunda:
Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li – Ogahiy to‘g‘risida adabiy-tahliliy maqolalar to‘plamini nashr etish;
har yili shoir tug‘ilgan 17 dekabr sanasida Xiva shahrida o‘rnatilgan Ogahiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi va she'riyat kechalari o‘tkazish;
“Ogahiy – shoir, muarrix, tarjimon va davlat arbobi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish;
Ogahiy g‘azallari bilan aytiladigan mumtoz musiqiy asarlardan tashkil topgan konsert dasturlari va ijodiy kechalar tashkil etish;
ommaviy axborot vositalarida Ogahiy hayoti va ijodi haqida turkum ko‘rsatuv va eshittirishlar, maqolalar berib borish;
Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li – Ogahiy hayoti va ijodi haqida yaratilgan badiiy va hujjatli filmlarni O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi telekanallari orqali namoyish etish;
mamlakatdagi oliy va o‘rta maxsus, umumiy o‘rta ta'lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli shoir va yozuvchilar, olimlar ishtirokida uchrashuvlar, adabiy kechalar tashkil etish tadbirlari ko‘zda tutiladi.
Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi bilan birgalikda mahalliy budjet va homiylarning mablag‘lari hisobiga Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li – Ogahiy nomi bilan ataluvchi majmua tarkibiga kirgan inshootlarni, jumladan, Xiva shahridagi shoir maqbarasini, muzey hamda bog‘ni mukammal ta'mirlash, yangi eksponatlar bilan boyitish, tevarak atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshiradi.
Belgilab qo‘yilishicha, Ogahiy nomidagi maktab-internatiga 2019-2020 o‘quv yilida 5-6-7-8-sinflariga hamda 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab 5-sinfiga 30 nafardan o‘quvchilar qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi bilan birgalikda maktab-internatga oliy ta'lim muassasalarining o‘zbek tili va adabiyoti hamda xorijiy tillar fakultetlarini tamomlagan iqtidorli pedagog kadrlar jalb etilishini ta'minlaydi.
Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Qurilish vazirligi bilan birgalikda:
Xiva shahrida yangidan 300 o‘rinli o‘quv binosi, 100 o‘rinli yotoqxona, 100 o‘rinli oshxona qurilishi uchun yer maydoni ajratsin hamda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqadi;
2019 yil 1 sentyabrga qadar maktab-internati binosini foydalanishga topshirish choralarini ko‘radi.
Mavzuga oid
08:44 / 06.06.2022
Parrandachilikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi o‘zgaradi
09:01 / 08.04.2022
«Olima ayollar jamiyati» nimalar bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi
07:51 / 26.03.2022
2021 yilda qurilishdagi baxsiz hodisalar oqibatida 84 nafar ishchi halok bo‘lgan
07:28 / 09.03.2022